21:48 / 23.04.2016
1911

Ispaniya Primerasi, 35-tur: "Real" "Rayo Valekano"ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Ispaniya Primerasining 35-turida "Real" Madriddagi "Kampo de Valekas" maydonida "hamshahari" "Rayo Valekano"ning mehmoni bo‘ldi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 2:3 hisobi bilan yakunlandi.

Mezbon jamoa futbolchilari Adrian Embarb va Nikolas Fedor urgan gollarga "Real" Garet Beylning dubli va Lukas Vaskesning aniq zarbasi bilan javob berdi.

"Real" shu g‘alabadan keyin 81 ochko to‘plab, musobaqa jadvalining 1-o‘riniga ko‘tarilib oldi hamda "Barselona" va "Atletiko"ni 2 ochkoga ortda qoldirmoqda. Biroq bu jamoalar hali o‘z o‘yinlarini o‘ynashmagan. "Rayo Valekano" 35 ochko bilan 16-o‘rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi. 35-tur
Rayo Valekano – Real Madrid – 2:3
Gollar: Embarba, 7 (1:0); Fedor, 14 (2:0); Beyl, 35 (2:1); Vaskes, 52 (2:2); Beyl, 81 (2:3).

Top