23:45 / 24.04.2016
2538

O‘zbekiston Oliy ligasi, 6-tur. "Lokomotiv", "Olmaliq", "Qizilqum" va "Nasaf" g‘alabaga erishdi

24 aprelda O‘zbekiston Oliy ligasining 6-turidan o‘rin olgan 4 uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

“Qizilqum“ mehmonda “Qo‘qon-1912“ni 0:3 hisobida yutdi. Navoiyliklar safida gollarni Vyacheslav Shevchenko, Sherali Jo‘rayev, Bahriddin Vahobov kiritdi.

“Lokomotiv“ G‘uzorda “Sho‘rtan“ni 0:2 hisobida mag‘lub etdi. Gollarni Salim Mustafoyev va Server Jyeparov kiritdi.

“Olmaliq” o‘z maydonida “Navbahor” ustidan g‘alabaga erishdi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. Mezbon futbolchilar Islom Inomov va Farhod Tojiyevning gollariga Anvar Rajabov bitta javob to‘pini qaytardi.

"Buxoro" o‘z maydonida "Nasaf"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Gollarni Sherzod A'zamov va Azamat Allaniyozov kiritdi.

“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” - 0:3
Gollar: 0:1 - 15 Vyacheslav Shevchenko, 0:2 - 62 Sherali Jo‘rayev, 0:3 - 64 Bahriddin Vahobov.

“Sho‘rtan” – “Lokomotiv” - 0:2
Gollar: 0:1 - 8 Salim Mustafoyev, 0:2 - 77 Server Jyeparov.

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1
Gollar: 1:0 - 2 Islom Inomov, 2:0 - 19 Farhod Tojiyev, 2:1 - 65 Anvar Rajabov.

“Buxoro” – “Nasaf” - 0:2
Gollar: 0:1 - 9 Sherzod A'zamov, 0:2 - 90 Azamat Allaniyozov.

Top