12:31 / 24.04.2016
2541

Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazida mamlakatda qonuniylikni mustahkamlash mavzuida tadbir o‘tkazildi

Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi tomonidan Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, TDYu hamda «Kamolot» YoIH bilan hamkorlikda joriy yilning 21 aprel kuni Sergeli tumanidagi TDYu qoshidagi akademik litseyda «Qonunlarning maqsad va mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish – mamlakatda qonuniylikni mustahkamlashning garovidir» mavzuida huquqiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda akademik litseyning 215 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi.

Shuningdek, soha mutaxassislari: Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi hamda «Kamolot» YoIHdan vakillar o‘zlarining mavzu doirasidagi ma'ruzalari bilan chiqishlar qildi. Ayniqsa, TDYu o‘qituvchilari B.Umarov, X.Hayitov, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi mutaxassisi Sh.Xonimovlarning ma'ruzalari o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi va tadbir so‘ngida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Manba: manaviyat.gov.uz

Top