15:12 / 25.04.2016
1744

25 aprelga o‘tar kechasi Yer yuzasiga yaqin fazo kengligida ikkita asteroid uchib o‘tdi

Xalqaro astronomik ittifoqi kichik sayyoralar markazi ikkita asteroidlar to‘g‘risida xabar berdi. Asteroidlar 25 aprelga o‘tar kechasi Yer yaqinidan uchib o‘tgan. Bu haqda RIA “Novosti” xabar berdi.

490 va 540 metr o‘lchamli asteroidlar Yer yuzasidan 7 va 10 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tgan.

Birinchi asteroid 2003 yili amerikalik astronomlar tomonidan ochilgan. Uning o‘lchami, turli baholarga ko‘ra, 170dan 540 metrgacha. Ikkinchi asteroid esa 160dan 490 metrgacha bo‘lishi mumkin.

Top