10:06 / 25.04.2016
1725

AppleWatch savdosi hajmi ilk yildayoq iPhone smartfonlari sotuvidan 2 barobar ko‘p bo‘ldi

2015 yilning aprelidan, AppleWatch "aqlli soatlari"ning bozorga chiqqan vaqtidan boshlab bu gadjyetning sotuvi iPhone'ning birinchi yildagi savdosi hajmidan 2 barobar ko‘proqni tashkil etdi. Bu haqida The Wall Street Journal ma'lum qildi.

Apple korporatsiyasi sotilgan "aqlli soatlar"ning hajmiga aniqlik kiritmayotgan bo‘lsada, bozor analitiklarining baholashicha, ular taxminan 12 million donani tashkil etadi. iPhone esa birinchi yili taxminan 6 millionta smartfon sotgan.

Bundan avvalroq, Xitoy hukumati mamlakatda yarim yil oldin yo‘lga qo‘yilgan Apple'ning iBooks Store va iTunes Movies servislarini taqiqlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Top