16:51 / 25.04.2016
2321

Qizil maydonda «Pushkin va Lenin mushtlashib ketdi»

Moskvadagi Qizil maydonda Pushkin va Lenin qiyofasiga kirgan artistlar o‘zaro mushtlashib ketgan. Bu holat tasviri internetga joylashtirilgan.

Guvohlarning aytishicha, bu janjalga mijoz talashuvi sabab bo‘lgan.

Pushkin libosidagi yigit kameralardan qochib, Moskva daryosi bo‘ylab chopib ketadi.

Video ostida qoldirilgan izohlarda foydalanuvchilar bu uyushtirilgan tomosha ekanini yozishgan.

Shuningdek, Pushkin haqida serial suratga olinayotgani haqida yozganlar bo‘lgan.

Top