12:18 / 26.04.2016
1884

AQShdagi o‘smirlarning to‘rtdan uch qismi ortiqcha vaznga egaligi ma'lum bo‘ldi

Dyuka klinik tadqiqot instituti (AQSh) tibbiy xodimlari so‘nggi 30 yilda ko‘rilgan chora-tadbirlariga qaramay mamlakatda bolalar semirish tempi o‘sib borayotgani to‘g‘risida xabar berishdi. Tadqiqotning to‘liq matni Obesity jurnalida berilgan.

Olimlar Sog‘liq va ovqatlanish milliy tadqiqoti natijalarini tahlil qilib chiqishdi. Ular 2013-2014 yillarda 2-19 yoshdagi bolalarning 33,4 foizi ortiqcha vaznga ega bo‘lgan degan xulosaga kelishgan. Bundan 17,4 foizi semizlikdan aziyat chekkan.

Bu ko‘rsatkich undan oldingi davrda olingan ma'lumotlardan u qadar farq qilmagan (masalan, 2011-2012 yillar). Shunday bo‘lsa-da, olimlar hozirda 1999 yilga nisbatan ortiqcha vaznli bolalar sonining o‘sishini qayd etishdi.

2012-2014 yillarda 6,3 foiz bolalar II darajali semizlikdan, 2,4 foiz bolalar III darajali semizlikdan aziyat chekishgan. 2009-2010 yillarda II darajali semizlik 5,9 foiz bolalarda, III darajali semizlik esa 2,1 foiz bolalarda bo‘lgan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 4,5 million nafar bola va o‘smir yuqori darajali semizlik ko‘rsatkichiga ega, bu holat ularni sog‘lom hayot tarzi tomon yo‘naltirishga yangi va intensiv choralar ko‘rishni talab etadi.

Top