22:18 / 26.04.2016
4965

Bloomberg: slanetsli neft qazib oluvchilar bozorga qaytmoqda

Neft narxining oshishi AQShda slanetsli neft oluvchilarning bozorga qaytishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda slanetsli neft bozorining ishtirokchilariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.

Fevralda eng past ko‘rsatkichlardan keyin, hozirda neft narxi 60 foizga ko‘tarildi hamda slanetsli neft qazib olish rentabelligi darajasiga yaqinlashdi. AQSh Davlat departamentining energetik zaxiralar byurosi direktori Richard Uesterdeylning fikricha, AQShda slanetsli quduqlarning ishga tushirilishi bozorni kuniga 500 ming barrel neft bilan to‘lg‘azishi mumkin.

"Neft narxi 45 dollar va undan ortiqroqqa yaqinlashishi bilan, neft narxining yangi keskin qulashi xavfi kuchayadi, chunki slanetsli ishlab chiqarish yana daromadli bo‘ladi. Bu neft qazib olishning o‘sishiga olib keladi, bu esa neft narxlarining yangi antirekord darajagacha yangi qulashi xatarlarini kuchaytiradi", deb aytdi IG tahlilchisi Angus Nikolson.

Biroq bozor ishtirokchilarning bu boradagi fikrlari bir xil emas. Texasning eng yirik slanetsli neft ishlab chiqaruvchisi – EOG Resources Inc. kompaniyasi bozor muvozanatga kelmaguncha neft qazib olishni oshirmaslikka va'da berdi, biroq Pioneer Natural Resources Co. kompaniyasi 2016 yilda neft qazib olish bo‘yicha prognozini oshirdi.

Top