19:35 / 26.04.2016
2047

O‘zbekistonlik talabalar Tambov universitetida o‘tkazilgan raqs tanlovida birinchi o‘rinni egalladi

Rossiyadagi Tambov davlat universitetida tahsil oluvchi o‘zbekistonlik talabalar «Moya strana» nomi ostida o‘tkazilgan raqs tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Kun.uz saytiga talabalardan biri Muslimbek Obidov ma'lum qilgan.

"Biz barchamiz Tambov shahridagi Gavriil Romanovich Derjavin nomidagi oliygohda, turli yo‘nalishlarda o‘qiymiz. Har yili universitetimizda «Moya strana» nomi bilan tanlov o‘tkaziladi. Unda milliy raqslar orqali urf-odatlar va milliy an'analar namoyish etiladi", degan u.

Bu yilgi tanlovda O‘zbekistondan tashqari Hindiston, Xitoy, Marokash, Vetnam, Rossiya va Angoladan kelgan talabalar o‘zlarining milliy raqslari bilan ishtirok etgan.

Top