19:50 / 26.04.2016
2129

Xorazmda hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi

Xorazmda hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Ushbu an'anaviy yarmarkada ishtirok etayotgan sanoat korxonalari hamda tuzilayotgan shartnomalar soni yildan-yilga ortmoqda. Jumladan, 2013 yilda tashkil etilgan yarmarkada viloyatdagi 181 korxona 400 dan ortiq turdagi mahsulotlarini namoyish etgan bo‘lsa, joriy yilgi ko‘rgazmada qariyb 400 korxona 650 dan ortiq mahsulot turlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada jami 33,5 milliard so‘mlik va 6,2 million dollarlik shartnoma imzolandi.

Yarmarkada viloyatda 2013-2016 yillarda ishlab chiqarilishi yangidan o‘zlashtirilgan gidravlik ekskavatorlar, buldozerlar, maishiy gaz ballonlari, muzlatkich va sovutkichlar, quyosh kollektorlari, quyosh batareyalarida ishlaydigan ko‘cha yoritkichlari, LED lampalar, sport inventarlari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yarmarka doirasida viloyatda ishlab chiqarilishi mo‘ljallanayotgan yangi turdagi sanoat mahsulotlarining taqdimotlari o‘tkazildi.

Top