14:40 / 27.04.2016
5290

27 aprel: tarix sahnasida...

27 aprel—joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 127-kuni

Voqealar:

2007 yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Akira Amarini qabul qildi. 1999 yil — Toshkentda “Zilzilani oldindan aytib berish muammolari” mavzuidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

1994 yil — Toshkent shahrida Germaniyaning kitoblar ko‘rgazmasi ochildi.

1908 yil — Londonda IV Olimpiya o‘yinlariga start berildi.

1521 yil — Filippinda mashhur sayyoh Fernan Magellan mahalliy aborigenlar qurboniga aylandi.

Tavalludlar:

1759 yil — ingliz yozuvchisi Meri Godvin,

1791 yil — amerikalik rassom, Morze alifbosi kashfiyotchisi Semyuel Morze,

1820 yil — ingliz faylasufi va sotsiologi Gerbert Spenser,

1896 yil — amerikalik kimyogar, sintetik polimer, ya'ni neylonni kashf etgan olim Uolles Xyum Karozers,

1927 yil — taniqli rus komik aktyori Yevgeniy Morgunov,

1975 yil — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Dilfuza Rahimova.

Top