18:48 / 27.04.2016
2033

AQShda ikki yoshli bola onasini qurolda otib qo‘ydi

Viskonsin shtatidagi Milouki yaqinida ikki yoshli bola avtomobilning orqa o‘rindig‘i ostidan qurol topib olib, o‘z onasini otib tashlagan. Bu haqida WISN-TV ma'lum qilgan.

Bola rulni boshqarib ketayotgan onasining yelkasiga bitta o‘q uzgan. Bu mash'um hodisa Viskonsin shossesida sodir bo‘lgan. O‘q uzilgandan so‘ng ayol avtomobilni to‘xtatgan. Tez o‘tmay uning joni uzilgan.

Ta'kidlashlaricha, ayolning uch farzandi qolgan.

Top