16:07 / 27.04.2016
1835

Boeing 737 samolyoti dvigatelini o‘rindiqqa aylantirishdi

Britaniyaning Fallen Furniture firmasi dizaynerlari Boeing 737 samolyotining dvigatelidan tayyorlangan o‘rindiqni namoyish etishdi. Luxurylaunches xabar berishicha, u xrom bilan qoplangan alyuminiy va yumshoq qora charm bilan jihozlangan.

O‘rindiq hozircha sotuvga qo‘yilmagan, nashr uning narxi haqida ham aniq ma'lumot bermagan. Kursiga faqatgina kompaniyaning saytida ariza qoldirgan holda buyurtma berish mumkin.

2015 yilning dekabr oyida Rolls-Royce avtomobilining dvigateli yordamida harakatlanuvchi qahvaxona stolchasi sotuvga qo‘yilgan edi. Elektr energiyasi birligidagi boltlar kesib tashlangan bo‘lib, qurilmaning o‘zi esa moy qoldiqlaridan tozalangan va sayqallashtirilgan. Unda RR emblemasi va oq LED-yoritgichlari bor. Stol usti shishadan yasalgan. Narxi — 1,500 ming dollar atrofida baholangan.

Avtomobil qismlari, shuningdek, kiyim-kechakning bir bo‘lagiga ham aylanishi mumkin. Bunga gollandiyalik dizayner Anuk Vipprext (Anouk Wipprecht)ning liboslar to‘plamini misol qilishimiz mumkin. U liboslarga Audi A4 sedanining qismlari – parkovka uchun mo‘ljallangan datchik va vspishkalardan bezak bergan.

Top