17:30 / 27.04.2016
1724

Sarxush ayol 50 krujka pivo uchun Uralni kechib o‘tdi

Qozog‘iston g‘arbidagi Atirau shahrida yashovchi sarxush ayol bahs boylab, Ural daryosini suzib o‘tdi. Bahsga 50 krujka pivo tikilgandi. Bu haqida 27 aprel kuni “Interfaks” nashri xabar berdi.

Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, guvohlar daryoni kechib o‘tayotgan ayolni ko‘rib, navbatchi xizmatini ogohlantirishgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan qutqaruv otryadi xodimlari qarama-qarshi qirg‘oqda o‘tirgan ayolni ko‘rishgan. Ular motorli qayiqda yordam ko‘rsatish maqsadida kelganlarida, ayolni holdan toygan va sarxush holatda topishdi. Uni politsiya xodimlariga yetkazishdi.

“U o‘zining ism-familiyasini aytdi, 1983 yilda tavallud topganini ma'lum qildi. Politsiya xodimlari undan bunday ahmoqona ishning sababini so‘rashganida, ayol kim bilandir 50 krujka pivo uchun bahs boylaganini bildirdi. Buning qanchalik haqiqat ekanini bila olmadik”, - dedi Atirau viloyati FV departamentining suv-qutqaruv xizmati rahbari Samat Kumashev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol daryoni kuchli oqim va suv sathining ko‘tarilgan paytida kechib o‘tgan.

Top