18:58 / 27.04.2016
1862

Shahzoda Harri kelgusida qirol bo‘lishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi

Buyuk Britaniya shahzodasi Harri yaqin kelajakda qirol bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytardi. The Telegraph xabar berishicha, qirolicha Yelizaveta II nabirasi Berkshirdagi boshlang‘ich maktabga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazgan.

O‘quvchilardan biri bo‘lgan 10 yoshli Tristan Harridan qachondir qirol bo‘lishi ehtimoli haqida so‘ragan.

«Siz menimcha, men qirol bo‘lmasligimni eshitgach, xursand bo‘lsangiz kerak», – deb javob qaytardi shahzoda.

Bundan Tristan qanchalik xafa bo‘lganini ko‘rgach, Harri shunday dedi: «O, uning qayg‘uga botishini qarang! Menga yoqdi! Qani besh tashla».

So‘ngra maktab o‘quvchisi shahzoda Harriga o‘zining ko‘ngliga chindan ham yaqin bo‘lgan ish bilan shug‘ullanishini tilab qoldi.

«Fikrimcha, qirol bo‘lish shahzoda uchun quvnoq tajribaga aylanar edi. Men uni qirol sifatida ko‘rishni istar edim», – deya qo‘shimcha qildi Tristan.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli Harri Buyuk Britaniya qirolligi xonadoni shahzodasi, qirolicha Yelizaveta Ikkinchining o‘g‘li Uels gersogi Charlzning ikkinchi o‘g‘li hisoblanadi. Taxt valiahdi esa Kembrij gersogi, 33 yoshli shahzoda Uilyam hisoblanadi. Uning ikki o‘g‘li bor va taxt uning farzandlariga o‘tadi.

Top