19:20 / 27.04.2016
2295

Yoshlarga oid davlat siyosatining yillik rejasi OAV oldida sarhisob qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Dasturi“ning I chorakdagi ijrosi yakunlari va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, O‘zbekkino milliy agentligi mas'ul xodimlari, vazirlik rahbarlari, oliy ta'lim muassasalari prorektorlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

So‘zga chiquvchilar globallashuv jarayonida yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularning iqtidorlarini namoyon etish, kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorlash oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining asosiy vazifalaridan biri ekanligini aytib o‘tildi.

Top