19:21 / 28.04.2016
5963

Ilk marta masofaviy ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi “O‘zbekistonda xorijiy tillar” elektron jurnal va internet portali tomonidan “Uzluksiz ta'lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitishning yangi tendensiyalari: real amaliyot va rivojlanish strategiyalari” mavzusidagi masofaviy ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

E'tiborli jihati, butunlay yangicha shaklda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda tashkil etilgan bunday tadbirni o‘tkazish amaliyoti respublikamizda ilk marotaba kuzatildi.

Onlayn anjuman 27 aprelidan 12 maygacha qadar 15 kun davomida www.conference.fledu.uz saytida olib boriladi. Shuningdek, unda O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari ishtirokida axboriy xarakterga ega universitet hayotiga oid lavhalarni, jarayonlarni yorituvchi information stream tashkil etildi.

Anjumanda chet tillarni o‘qitish nazariyasi va metodikasi bilan bog‘liq 4ta seksiya (sho‘'ba) faoliyat ko‘rsatadi.

Ilmiy ma'ruzalar ikki xil: video va matn (stend) ko‘rinishida taqdim etildi. Birinchi ko‘rinishda o‘quvchi maqola annotatsiyasini o‘qib, uning video shaklini ko‘rishi, ikkinchisida esa ma'ruzaning to‘liq matnini o‘qib, unga munosabat bildirishi, izoh qoldirishi yoki maqola muallifiga savol berishi mumkin.

Top