09:18 / 28.04.2016
3132

Tilshunos olim G‘ani Abdurahmonov olamdan o‘tdi

27 aprel kuni o‘zbek tilshunosligi sohasidagi yirik olim, atoqli turkolog, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi G‘ani Abdurahmonov 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA saytida xabar berilgan.

G‘. Abdurahmonov 1925 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ildi. 1946 yili Farg‘ona davlat pedagogika institutini tugatganidan so‘ng shu dargohda ilmiy-pedagogik faoliyatini boshladi. 1950 yilda nomzodlik, 1962 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1968 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a'zosi etib saylandi.

G‘. Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi faxriy unvoni va «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan.

Islom Karimov, N.Yo‘ldoshev, N.Ismoilov, Sh.Mirziyoyev va Sh.Solihov marhumning vafoti bilan ta'ziya bildirishgan.

Top