00:51 / 29.04.2016
2807

Brent nefti narxi 48 dollardan oshdi

Brent nefti narxi Londonning ICE birjasida 48 dollardan oshdi. Toshkent vaqti bilan soat 23:00 holatiga ko‘ra, neft narxi 48,01 dollarni tashkil qilgan. Bundan savdo ma'lumotlari dalolat bermoqda.

Brent nefti narxi 27 apreldagi sessiya tugashidagi narxga nisbatan 1,9 foizga oshgan. 28 apreldagi savdolar 47,10 dollardan boshlangan edi.

Neft narxi oshishi sababli rublning mustahkamlanishi davom etmoqda. Moskva birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, dollar 64,37 rublgacha, yevro 73,05 rublgacha arzonlashgan. Rossiya Markaziy bankining 29 aprelga ikkita valyuta uchun rasmiy kursi mos ravishda 65,11 va 73,92 rubl qilib belgilandi.

Avvalroq Jahon banki 2016 yil uchun neft narxi prognozini 37 dollardan 41 dollarga oshirgan edi. Prognoz bozordagi kayfiyatning yaxshilanishi va dollarning kuchsizlanishi ortida oshirilgan. Bankning hisoblashicha, bozordagi me'yoridan ortiq taklif istiqbolda kamayib boradi.

Top