10:09 / 29.04.2016
2156

Facebook videotranslyatsiyalar uchun mashhur insonlar va nashrlarga qancha pul to‘lashi oshkor etildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i taniqli yulduzlar va qator nashrlar uchun Live xizmatidan foydalangan holda minimum 20ta translyatsiya qilgani uchun 250 ming dollardan mablag‘ ajratadi. Bu haqida BuzzFeed nashri xabar beradi.

Shuningdek, nashr videotranslyatsiyalar uchun moddiy rag‘banlantirish sifatida qo‘shimcha daromadlar olishini ham ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq, Re/Code nashri ham Live xazmatidan foydalanilgani uchun daromad olishini va Facebook The New York Times, Buzzfeed va Huffington Post kabi taniqli nashrlar bilan hamkorlik qilishini ma'lum qilgan edi.

Shuningdek, Facebook’ga qarashli bo‘lgan Periscope xizmati ham foydalanuvchi «yulduz»lar e'tiborini rag‘batlantiruvchi daromadlar bilan jalb etishni o‘ylab ko‘rmoqda.

Top