19:10 / 29.04.2016
2985

Jangarilar Rossiyaning Halabdagi bosh konsulxonasini o‘qqa tutgani tasdiqlandi

Rossiyaning Halab shahridagi bosh konsulxonasi binosi minamyotdan o‘qqa tutilgan. Bu haqdagi ma'lumot Rossiya TIV tomonidan tasdiqlangan.

"28 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 15:00da Rossiya Federatsiyasining Halab shahridagi bosh konsulxonasi binosiga minamyotdan zarba berilgan. Bino hududida bir mina portlagan, atrof hududga yana 3ta mina kelib tushgan. Bu o‘qqa tutish oqibatida halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar yo‘q", deyiladi TIV xabarida.

Qayd etilishicha, Halabdagi konsulxona faoliyati 2013 yilda to‘xtatilgan, xodimlarning bir qismi Rossiyaga qaytarilgan, bir qismi Damashqqa ko‘chirilgan. Ayni vaqtda binoda Suriya fuqarolari bo‘lgan qo‘riqchilar va texnik xodimlar saqlab qolingan.

Rossiya TIV xabarida aytilishicha, bu hujum "Jibhod an-Nusra" jangarilari tomonidan amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 aprel kuni Halabga jangarilar tomonidan masofadan turib zarbalar berilishi oqibatida tinch aholi vakillari bo‘lgan o‘nlab kishilar halok bo‘ldi.

Top