14:53 / 29.04.2016
2178

Misrlik er o‘z xotinini savoliga javob bermagani uchun o‘ldirib qo‘ydi

Misrlik erkak o‘z turmush o‘rtog‘ini savoliga javob qaytarmagani uchun o‘ldirib qo‘ygan. Bu haqda Saudiya Arabistonining “Al-Riyod” gazetasi xabar berdi.

Politsiyaga bosh miyasidan og‘ir jarohat olgan ayol to‘g‘risida xabar kelgach, tergov-surishtiruv ishlari olib borildi. Natijada qotil ayolning eri ekani ma'lum bo‘ldi.

Voqea ayol uyga kech qaytgan kunlarning birida sodir bo‘lgan. Eri undan qayerda bo‘lganini so‘raydi. Biroq ayol bunga javoban sukut saqlaydi. Savoliga javob ololmagan erkak g‘azab otiga minadi, unga xotining harakatlari o‘ta shubhali tuyulgan.

Jahldor er xotini gaz balloni bilan ayol qonga belanib jon taslim qilguncha urgan.

Top