17:38 / 29.04.2016
1840

«Shaxtyor»ning 4 futbolchisi Yevropa Ligasi hafta ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi

UYeFA Yevropa Ligasining yarim finalidagi birinchi uchrashuvlar natijalariga ko‘ra tuzilgan ramziy terma jamoani ma'lum qildi. Unda «Shaxtyor» jamoasining 4 nafar futbolchisi o‘rin olgan. Donetskliklar jamoasi «Sevilya»ga qarshi o‘yinda 2:2 hisobida durang qayd etishdi. Yarim finalning ikkinchi uchrashuvida «Vilyarreal» o‘z maydonida «Liverpul»ni oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Darvozabon: Serxio Asenxo («Vilyarreal»).

Himoyachilar: Aleksandr Kucher («Shaxtyor»), Kolo Ture («Liverpul»), Yaroslav Rakitskiy («Shaxtyor»).

Yarim himoyachilar: Taras Stepanenko («Shaxtyor»), Bruno Soriano («Vilyarreal»), Jo Allen («Liverpul»), Vitolo («Sevilya»), Denis Suares («Vilyarreal»).

Hujumchilar: Kevin Gameyro («Sevilya»), Marlos («Shaxtyor»).

Top