09:14 / 30.04.2016
11334

CNN: Rossiyaning Su-27 samolyoti AQSh samolyoti ustidan "bochka" manyovrini amalga oshirdi

Rossiyaning Su-27 samolyoti Boltiq dengizi ustida AQShning RC-135 harbiy samolyoti ustidan yuqori uchuvchilik mahorati manyovri – "bochka"ni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda CNN.

Bu haqda ikki nafar yuqori lavozimli harbiy manba ma'lum qildi.

Bu vaqtda AQSh razvedkachi samolyoti Boltiq dengizidagi xalqaro havo hududida bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, Su-27 AQSh samolyotidan 30 metrcha uzoqlikda uchib o‘tgan, so‘ngra "bochkani" amalga oshirib samolyotning narigi tomonida paydo bo‘lgan.

"Bochka" manyovrida samolyot yuqoriga tumshug‘i bilan ko‘tarilib, so‘ngra aylana hosil qilib, orqaga sho‘ng‘iydi. 

Manba bu manyovrni juda xavfli ekanligini aytdi. Uning aytishicha, AQSh tomoni bu holat bo‘yicha rossiyalik hamkasblariga xavotir bildirishi mumkin.

SNN ning ta'kidlashicha, bu vaziyat Rossiya samolyotlari ishtirokida aprel oyida yuz bergan ikkinchi holatdir.   

14 aprelda Rossiya samolyoti RC-135 samolyotini taqib qilib, uning qanotidan 15 metr uzoqlikda uchib o‘tib, "bochka" amalga oshirgandi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri telefon suhbatida o‘zining Rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrovga bu holat yuzasidan norozilik bildirgandi.

Rossiya mudofaa vazirligida bunga javoban harbiy-dengiz kuchlari samolyotlari barcha parvozlarni xalqaro me'yorlarga amal qilgan holda bajarishi ta'kidlab o‘tilgan.

Top