18:56 / 30.04.2016
6670

OAV: Merkel Shtaynmayyerning Germaniya prezidenti lavozimiga nomzodi qo‘yilishiga qarshi chiqmoqda

Germaniya kansleri Angela Merkel tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyerning Germaniya prezidenti lavozimiga keyingi saylovlarga nomzodi qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlamadi.

Bu haqda hukmron koalitsiyadagi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Spiegel nashri xabar bermoqda.

Merkel Nasroniy-demokratik ittifoqga yetakchilik qiladi, shu bilan birga ittifoq Shtaynmayyer a'zosi hisoblanadigan Sotsial-demokratik partiya bilan birga bir hukmron koalitsiyani tashkil qiladi.

Kutilishicha, ikkala partiya prezident lavozimiga yagona nomzodni taklif qiladi. Bunda Merkel koalitsiya bo‘yicha hamkorlariga uning partiyasi Shtaynmayyer nomzodining prezident lavozimiga qo‘yilishiga rozi bo‘lmasligi haqida aytgan.

Amaldagi prezident Yoaxim Gaukning vakolati 2017 yilda tugaydi. Ayni vaqtda Gauk ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishi noma'lum. Gaukning o‘zi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish-etmasligi rejalari haqida hech narsa aytmayapti.

Top