11:21 / 30.04.2016
14022

Sardor Rashidov “Al Jayish” tarkibida Qatar kubogini qo‘lga kiritdi (Foto + Video)

29 aprel kuni Qatar kubogi finalida "Al-Jaish" klubi "Lahviya"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvni o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov asosiy tarkibda boshladi. O‘yin “Al Jayish”ning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, Sardor Rashidov o‘zining "Al-Jaish"dagi ilk mavsumida Qatar Yulduzlar ligasining kumush medalini va Qatar kubogini qo‘lga kiritdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bu sovrin Sardor Rashidov uchun o‘zining yangi jamoasi bilan erishgan birinchi yutug‘i.

Ma'lumot uchun: "Al-Jaish" OChLda muvaffaqiyatli ishtirok etib, muddatidan avval nimchorak finalga chiqqan.

Top