22:07 / 01.05.2016
2927

A Seriya: «Milan» «Frozinone»ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi va boshqa natijalar

Italiya chempionatining 36-turida «Milan» o‘z maydonida autsayder jamoa «Frozinone» bilan o‘zaro bahs olib bordi. O‘yining birinchi bo‘limida 0:2, ikkinchi bo‘limi avvalida 1:3 hisobida ortda borgan milanliklar o‘yin oxirida durangga erishdi

Uchrashuvning 2 daqiqasidayoq Paganini mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakunida Kral «Frozinone» ustunligini oshirdi – 0:2. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida Mario Balotelli penaltidan unumli foydalana olmadi. 50-daqiqada Bakka hisobni qisqartirishga erishdi.

54-daqiqada Dionizi hisobni 1:3 ko‘rinishiga olib keldi. «Milan» taslim bo‘lishni istamadi va 74 daqiqada Antonelli hisobni qisqartirdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida qo‘shib berilgan daqiqalarda Jyereme Menez Balotellidan farqli o‘laroq penaltini golga aylantirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Endilikda jamoa 54 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog‘onasida joylashgan. «Frozinone» esa 31 ochko bilan 19-o‘rinda qolmoqda.

Turning bugungi o‘yinlari doirasida «Sassuolo» turnirni tark etib bo‘lgan «Verona»ni yengdi, «Palermo» «Sampdoriya»ni mag‘lubiyatga uchratdi, «Empoli» va «Bolonya» uchrashuvida hisob ochilmadi. Muddatidan oldin chempionlikka erishib bo‘lgan «Yuventus» esa «Karpi»ga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

36-tur doirasida 30 aprel kuni «Udineze» «Torino»ga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan, «Kevo» va «Fiorentina» bittadan ochkoga ega bo‘lgandi.

Turning 2 may kunga belgilangan uchrashuvlarida «Jyenoa» «Roma»ni qabul qiladi, «Napoli» «Atalanta»ga qarshi o‘ynaydi.

Birozdan keyin «Latsio» va «Inter» bahsi boshlanadi.

Italiya chempionati, 36-tur

Milan — Frozinone 3:3
Gollar: Bakka, 50, Antonelli, 74, Menez, 90+2 (pen) — Paganini, 2, Kral, 44, Dionizi, 54
Milan: Donnarumma — Abate (Antonelli, 73), Aleks, Romanoli, De Shilo — Kutska, Montolivo, Xose Mauri (Menez, 78) — Xonda (Adriano, 64) — Bakka, Balotelli
Frozinone: Bardi — M. Chiofani, Russo, Ayyeti, Krivello (Priyma, 67) — Paganini, Gori, Sammarko, Kral (Rozi, 80) — Dionizi (Guxer, 73), D. Chiofani
Ogohlantirishlar: Balotelli, Kutska, - Sammarko, Gori, Bardi, Kral, Russo, Dionizi, Priyma


Sassuolo – Verona 1:0
Gol: 1:0 – 58 Pellegrini.
Ogohlantirish:
Albertatstsi (39).


Palermo – Sampdoriya 2:0
Gollar: 1:0 – 19 Vaskes, 2:0 – 85, avtogol Krstichich.
Ogohlantirishlar: Krstichich (6), Dodo (30), Mareska (45), Muriel (63), Kassani (77), Viviano (83).

Mavzuga oid
Top