18:10 / 01.05.2016
3403

Ayyuning dubli «Suonsi»ga  «Liverpul» ustidan g‘alaba keltirdi

Angliya chempionatining 36-turi doirasidagi uchrashuvlar davom ettirilmoqda. 1 may kuniga belgilangan uchrashuvlarning birinchisida Uelsning «Suonsi» jamoasi «Liverpul»ni o‘z maydoni «Liberti»da qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Franchesko Gvidolin shogirdlari o‘yinning birinchi taymidayoq mersisaydliklar darvozasiga 2ta gol yo‘llashdi. 20-daqiqada Andre Ayyu, a 33-daqiqada esa Jyek Kork aniq harakat qildi. «Liverpul» o‘yinning 65-daqiqasida Kristian Bentekening zarbasi evaziga hisobni qisqartirdi, ammo Andre Ayyu 67-daqiqada urilgan goli bilan o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. «Liverpul» himoyachisi Bred Smit 76-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etgach, 10 kishi bo‘lib qolgan mehmonlar o‘yindagi hisobni o‘zgartira olishmadi.

Qayd etish kerakki, Yurgen Klopp bu uchrashuvga deyarli ikkinchi tarkibni tushirdi, ba'zi futbolchilar jamoadagi debyutini o‘tkazishdi.

«Liverpul» ayni vaqtda 55 ochko bilan turnir jadvalining yettinchi pog‘onasida qolmoqda va Yevropa Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlarni egallash uchun kurashdan chekinmoqda. «Suonsi» esa ochkolari sonini 43taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarilgan.

Suonsi – Liverpul 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 20 Ayyu, 2:0 – 33 Kork, 2:1 – 65 Benteke, 3:1 – 67 Ayyu.
Suonsi – Fabianski, Amat, Teylor, Ranxel, Uilyams, Sigurdsson, Rautledj, Ayyu, Britton (Fulton, 90), Montero (Noton, 73), Kork.
Liverpul – Uord, Shkrtel, Lovren, Smit, Styuart, Koutino (Benteke, 46), Chirivelya (Leyva, 46), Ayb (Brennagan, 80), Odjo, Klayn, Starrij.
Ogohlantirishlar: Smit (27), Klayn (39), Kork (41), Ranxel (74), Shkrtel (77).
Chetlatish: Smit (76).

 

Top