19:43 / 01.05.2016
3413

«Hannover»ning 19 yoshli futbolchisi Fayyerabend avtohalokat tufayli vafot etdi

Bundesliga vakili «Hannover» jamoasining yosh futbolchisi Niklas Fayyerabend 1 may kuni avtohalokatga uchrab, vafot etdi.

Jamoa rasmiy saytida berilgan xabarda marhum yosh futbolchining oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor qilingan.

«Hannover» U-19 a'zosi Fayyerabend 28 aprel kuni 19 yoshga to‘lgandi.

Mavzuga oid
Top