15:43 / 01.05.2016
10052

Hindiston shimolida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari tufayli 6 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi Uttarhand shtatida ro‘y berayotgan o‘rmon yong‘inlari tufayli 6 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Times of India xabar tarqatdi.

Xabarda keltirilishicha, yong‘inlar jami 2000 ga maydonni qamragan.

"Ayni vaqtda hududlarda 922ta yong‘in holati qayd etildi. Yong‘inlar tufayli 6 kishi halok bo‘lgan, ulardan 3 nafari ayol va biri yosh bola. Shuningdek, 7 kishi jarohatlangan. 1890,79 gektar hudud yong‘indan zararlangan", deydi shtat o‘rmon xo‘jaligi vakili.

Bu yong‘in tufayli Chamoli, Pauri, Rudraprayag, Texri, Uttarkashi, Pitxoragarx, Almora va Naynital tumanlarida talofatlar ko‘p. O‘t o‘chirish ishlariga o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmatlarining 6 ming nafarga yaqin vakili jalb etilgan.

1 may kuni o‘t o‘chirish ishlariga armiya qismlari jalb etildi. Shuningdek, Hindiston harbiy havo kuchlarining 2ta Mi-17 rusumli vertolyoti jalb etilgan. Bu vertolyotlardan Bximtal ko‘lidan suv tashishda foydalanilmoqda.

Mavzuga oid
Top