«MYu» «Lester»ga «Old Trafford»da chempionlikni nishonlashga yo‘l qo‘ymadi

Angliya premer-ligasining 36-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Bugunga belgilangan uchrashuvlarning ikkinchisida turnir jadvali peshqadami «Lester» «Manchester Yunayted» maydoniga safar qildi va orzular teatri «Old Traffor»da muddatidan oldin chempionlikni nishonlash imkoniyatidan foydalana olmadi.
O‘yinning dekadasidayoq mezbonlar hujumchisi Antoni Marsiyal hisobni ochdi.
17-daqiqada esa mehmonlar sardori Uesli Morgan jarima zarbasidan keyin boshi bilan De Xea darvozasini ishg‘ol qildi -- 1:1.
O‘yinning ikkinchi taymida muxlislar gol ko‘rishmadi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 4 daqiqa qolganida «Lester» yarimhimoyachisi Depayga ishlatgan qo‘polligi uchun maydondan chetlatildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4 daqiqa davomida hisob o‘zgarmadi.
Endilikda, «Lester» hisobidagi ochkolar soni 77taga yetgan. Jamoa qayd etgan durang ikkinchi o‘rindagi «Tottenhem»da nazariy jihatdan chempionlik uchun kurash uchun imkoniyat qoldirmoqda. Londonliklar 36-turdagi uchrashuvini o‘tkazmagan holda 69 ochkoga ega. Jamoa 2 may kuni «Chelsi»ga qarshi derbida maydonga tushadi. Agar bu o‘yinda «Tottenhem» ochko yo‘qotsa, «Lester» avtomatik ravishda chempionga aylanadi.
Turning yana bir o‘yini «Sauthemtpon» va «Manchester Siti» o‘rtasida kechadi.
Bugungi durangdan keyin Lui van Gaal shogirdlari 60 ochko bilan beshinchi o‘rinda qolmoqda.
Angliya - Premer-liga. 36-tur
Manchester Yunayted (Manchester) – Lester Siti (Lester) – 1:1
Gollar: 1:0 – 8 Marsyal, 1:1 – 17 Morgan.
Manchester Yunayted – De Xea, Blind, Smolling, Roxo, Valensiya, Lingard (Mata, 62), Fellayni (Errera, 75), Kerrik, Marsyal, Runi, Reshford (Depay, 82).
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Kante, Marez (King, 88), Shlupp (Olbrayton, 77), Okadzaki (Grey, 67), Uloa.
Ogohlantirishlar: Lingard (53), Kerrik (57), Drinkuoter (58), Runi (66).
Chetlatish: Drinkuoter (86).

Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26
-
Putin va Tramp telefon orqali muloqot qildi. U ikki soatdan ortiq davom etdi
Jahon | 22:46
-
19 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31
-
Xitoy Yevropada elektromobillar ishlab chiqarishni xavf ostiga qo‘ydi
Jahon | 22:29
Mavzuga oid

15:19 / 17.03.2017
«Lester» va «MYu» APLda 4-o‘rinni egallagan jamoani YeChLdan mahrum etishi mumkin

20:36 / 02.10.2016
Mourino «MYu» nega yana yuta olmaganini o‘ziga xos tarzda izohladi

18:05 / 18.09.2016
«MYu» «Uotford»ga yutqazib, qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatini qayd etdi

14:36 / 14.09.2016