00:40 / 01.05.2016
5110

OAV: Xomanaiyning tansoqchisi quroldan otish mashg‘ulotida halok bo‘ldi

Eron rahbari va diniy yetakchisi Ali Xomanaiyning tansoqchilaridan biri, "Islom inqilobi qo‘riqchilari" korpusining podpolkovnigi Hasan Akbariy quroldan otish mashg‘ulotlarida halok bo‘ldi. Bu haqda IRNA agentligi ma'lum qildi

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Akbariyning o‘limiga "qurolning texnik nosozligi" sabab bo‘lgan.

Top