07:37 / 01.05.2016
2362

Somalida masjid tomi qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Somali poytaxti Mogadishodagi masjidlardan birining tomi qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Noxush voqea 29 aprelda kechki payt yuz bergan. 40 dan ko‘proq odam jarohat olgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, falokat yuz bergan payt voqea joyida 100 dan ko‘proq odam bo‘lgan. Halok bo‘lganlar aksariyati masjidda ta'mirlash ishlari olib borayotgan quruvchilar bo‘lgan. Ta'mirlash ishlariga javobgar bo‘lgan bosh muhandis mas'uliyatsizlikda gumon qilinib hibsga olindi.

Top