20:21 / 02.05.2016
26114

Ar-Riyod AQSh koalitsiyasi tarkibida Suriyaga maxsus kuchlarini yuborishga tayyor

Agar Qo‘shma Shtatlar Suriyaga quruqlikdagi harbiy kuchlarini yuborishga qaror qilsa, Saudiya Arabistoni ham Suriyaga AQSh boshqaruvidagi koalitsiya tarkibiga maxsus bo‘linmasini yuborishga tayyor. Bu haqda 2 may kuni Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adel al-Jubeyr ma'lum qilgan.

“Agar AQSh boshqaruvidagi koalitsiya Suriyaga quruqlikdagi kuchlarini yuborishga qaror qilsa, u holda Saudiya Arabistoni ushbu urinishlarning bir qismi sifatida maxsus kuchlarini yuboradi. Bu bir tomonlama qadam bo‘lmaydi, bu IShIDga qarshi AQSh boshqaruvidagi koalitsiyaning bir qismi bo‘ladi”, - dedi vazir. 

Al-Jubeyrning aytishiga ko‘ra, bu masala AQSh harbiylari bilan muhokama qilingan. 

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri 2 may kuni Jyenevada AQSh davlat kotibi Jon Kerri va BMT bosh kotibining Suriya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan uchrashdi. Suhbat davomida Suriyadagi vaziyat muhokama qilindi. Al-Jubeyrning aytishicha, prezident Bashar Asad hukumat tepasidan ketmay turib, Suriyada tinchlik o‘rnatish imkoni mavjud emas.

Top