18:24 / 02.05.2016
3155

Germaniya maxsus xizmatlari mamlakatdagi musulmon jamoalarini kuzatuvga oldi

GFR maxsus xavfsizlik xizmatlari, mamlakatda terroristik xuruj tahdidi yuqoriligi sabab, 90 ta musulmon jamoasini jiddiy kuzatuv ostiga olgan, deb xabar qilgan Konstitutsiyani himoya qilish federal ma'muriyati rahbari (GFR kontrrazvedkasi) Xans-Georg Maasen. 

Uning qayd etishicha, gap orqa hovlisi bor masjidlar haqida bormoqda. Chunki u yerda, ayrim diniy ulamolar yashirin ravishda tarafdorlari orasida irqiy va milliy ko‘rolmaslik g‘oyalarini targ‘ib qilishi mumkin. 

Maasenning aytishicha, IShID terroristik tashkiloti jangarilari Germaniya hududida qo‘poruvchiliklar o‘tkazishni rejalashtirayotganidan maxsus xizmatlarning xabari bor. Shu bilan birga, Maasen barcha musulmonlarni terrorchilarga tenglashtirish xato bo‘lar edi, deya nemis fuqarolarini ogohlantirgan.

Top