11:58 / 02.05.2016
11916

Hindistonda yuk mashinasi ustiga elektr simlari qulashi tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Telangan shtatidagi  Medak okrugi hududida yuk mashinasi ustiga elektr simlar tushib ketishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan va 15 kishi jarohatlangan.

Bu hodisa 1 may kuni, 20dan ortiq kishi mingan yuk mashinasi Nizomoboddagi to‘y marosimidan qaytishi chog‘ida ro‘y bergan.

IANS agentligi xabariga ko‘ra, barcha jabrlanuvchilar shifoxonaga olib borilgan, jarohatlanganlarning 3 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top