10:02 / 02.05.2016
3368

Ispaniya chempionati. «Vilyarreal» «Valensiya»ni yengib, YeChLga yo‘llanma beruvchi 4-o‘rinda mustahkam joylashdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 36-turida 30 aprel kuni o‘tkazilgan bahslarda «Real Sosedad» o‘z maydonida «Real»ga yutqazgan (0:1), «Atletiko» «Rayo Valekano»ni yenggan (1:0), «Betis» «Barselona»dan mag‘lub bo‘lgandi (0:2).
«Granada» - «Las-Palmas» hamda «Sporting Xixon» - «Eybar» bahslarida mezbonlar g‘olib bo‘lishgandi.

1 may kuni tur doirasida yana 4ta uchrashuv o‘tkazildi. Dastlab, Bilbaoning «Atletik» klubi «Selta»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 4-o‘rinni egallab turgan «Vilyarreal»ni ta'qib qilishda davom etdi. 36-turdan keyin «Atletik» 58 ochkoga ega.

O‘z uchrashuvini «Valensiya»ga qarshi safarda o‘tkazgan «Vilyarreal» 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 64 ga yetkazib oldi.

Qolgan ikki tur davomida «Vilyarreal» yana 1 ochkoni qo‘lga kiritsa, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma naq qilinadi. Jamoa 37-turda jamoa o‘z maydonida «Deportivo»ni qabul qilsa, so‘nggi turni «Sporting»ga qarshi safarda o‘tkazadi.

1 may kungi uchrashuvlarda «Espanol» «Sevilya»ni 1:0 hisobida yenggan bo‘lsa, «Deportivo» o‘z maydonida «Xetafe»ga yutqazib qo‘ydi.

Ispaniya La Ligasi
36-tur bellashuvlari
1 may, yakshanba

«Atletik» — «Selta» 2:1
Gollar: Fabio Orelyana, 13 (0:1). Arits Adurits, 38-pen (1:1). Raul Garsiya, 72 (2:1).
Chetlatish: Gustavo Kabral, 40 (S).

«Valensiya» — «Vilyarreal» 0:2
Gollar: Samu, 14 (0:1). Adrian, 33 (0:2).

«Espanol» — «Sevilya» 1:0
Gol: Felipe Kaysedo, 52 (1:0).

«Deportivo» — «Xetafe» 0:2
Gollar: Pedro Leon, 41 (0:1). Karlos Vigaray, 85 (0:2).
Chetlatish: Selso Borxes, 64 (D).

Mavzuga oid
Top