Mark Olbrayton: «Lester» futbolchilari «Tottenhem»ning «Chelsi»ga qarshi o‘yinini birga ko‘rish uchun yig‘iladi

«Lester» jamoasi yarimhimoyachisi Mark Olbraytonning aytishicha, jamoa futbolchilari APLning 36-turi doirasidagi «Chelsi» – «Tottenhem» bahsini birgalikda kuzatish uchun birga yig‘ilishadi.
«Biz bu o‘yinni birgalikda tomosha qilishimiz kerak. Hech kim bu taklifni rad etolmaydi.
Men «Tottenhem»ning o‘tgan haftalardagi o‘yinlarini tomosha qilmagandim, lekin bugungi o‘yin natijasi bizni chempionga aylantirishi mumkin. Biz barchamiz bu o‘yinni birga ko‘rish uchun yig‘ilamiz va ehtimol tonggacha vaqtni birgalikda o‘tkazarmiz», – deydi Olbrayton.
«Chelsi» – «Tottenhem» bahsi 3 mayga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00.00da boshlanadi.
Agar «Tottenhem» bu o‘yindao ochko yo‘qotsa, «Lester» avtomatik ravishda muddatidan oldin Angliya chempioniga aylanadi.
Raneri: «Men «Tottenhem»ning «Chelsi»ga qarshi o‘yinini ko‘rmoqchi emasman»
Mavzuga oid

08:26 / 07.01.2017
Haftasiga million dollar! Xitoy yana bir yosh yulduzga taklif bilan chiqdi

20:22 / 02.10.2016
«Manchester Siti» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini «Tottenhem»dan qabul qilib oldi

22:13 / 06.05.2016
«Tottenhem» futbolchisi «Chelsi»ga qarshi o‘yindagi harakati uchun 6 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

19:35 / 03.05.2016