14:39 / 02.05.2016
4826

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 2016 yilning 1-choragida 535 mingdan ortiq yo‘lovchi tashidi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2016 yilning 1-choragi yakunlarini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-aprel oylarida havo laynerlarida 5007 qatnov bajarildi. Shundan 1354ta reys uzoq masofali yo‘nalishlarda, 1874ta reys MDH mamlakatlari shaharlariga, 1779ta reys esa mahalliy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan

Milliy aviakompaniya xizmatlaridan 535,6 ming nafar yo‘lovchi foydalandi (2015 yil birinchi choragida — 575 ming yo‘lovchi).

Birinchi chorakda pulli yuk va pochtalarni hisobga olganda 8900 tonna yuk tashildi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi.

«Navoiy» aeroporti orqali 7,7 ming tonna yuk tashilgan va 35 foizlik o‘sish qayd etilgan. 

Hozir Xalqaro intermodal logistika markazi (XILM) faoliyat yuritayotgan «Navoiy» aeroportidan Dehli, Mumbay, Dubay, Frankfurt, Shanxay, Seul, Milan, Vena, Xanoy va Saragosa kabi shaharlarga yuk qatnovlari amalga oshirilayapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2015-2019 yillar uchun muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish dasturi to‘g‘risida»gi hamda O‘zbekiston respublikasi investitsiya dasturiga ko‘ra joriy yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi quyidagi 6ta loyihani hayotga tatbiq etadi.
- havo kemalari va vertolyotlar parkini yangilash;
- «Toshkent» xalqaro aeroporti hududida yangi yo‘lovchi terminali (Toshkent—4) qurish;
- «Boeing-787 Dreamliner» samolyotlari uchun texnik xizmatlar ko‘rsatuvchi angar qurish;
- Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlarida ATS avtomat tizimlarini modernizatsiya qilish;

Fevral oyida «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2016 yilning mart oyidan e'tiboran Toshkentni Rossiyaning Voronej shahri bilan bog‘laydigan reys tashkil qilishi haqida xabar berilgandi. Ayni vaqtda bu reysni yo‘lga qo‘yish borasida ishlar davom etmoqda.

Top