16:26 / 02.05.2016
3890

O‘zbekiston elektron savdosida sotuvchi to‘g‘risida ma'lumot ko‘rsatilishi shartligi belgilab qo‘yildi

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016 yil 31 martdagi №01/20-26/31 qaroriga binoan reklama joylashtirish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritildi.

Hujjat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2001 yil 26 martda tasdiqlangan №4 qaroriga sotuvchi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilmagan holda elektron kommersiyada mahsulotni targ‘ib etishni taqiqlovchi o‘zgartirish kiritdi. 

Yuridik shaxslar uchun bunday ma'lumotlar nomlanish, manzil,  davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi ma'lumotlar hisoblanadi. 

Xususiy tadbirkor maqomidagi jismoniy shaxslar esa familiya, ism, otasining ismi, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnoma raqami va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini ko‘rsatishi lozim bo‘ladi. 

Ushbu qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 dekabrdagi №353 “2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron kommersiyani rivojlantirish Kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida qabul qilindi. 

Ushbu qaror rasmiy chop etilgan sanadan boshlab uch oy muddat o‘tishi davomida kuchga kiradi.

Top