18:50 / 02.05.2016
29394

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2900 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 3 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2904 so‘m 68 tiyin etib belgilandi. Bu 26 apreldagi kursga nisbatan 5 so‘m 42 tiyinga ko‘p.

3 maydan e'tiboran 1 yevro qiymati 3310 so‘m 18 tiyin (26 apreldagi kursga nisbatan 12 so‘m 30 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 448 so‘m 68 tiyin (26 apreldagi kursga nisbatan 3 so‘m qimmat), 1 Rossiya rubli esa 45 so‘m 15 tiyin (26 apreldagi kursga nisbatan 1 so‘m 37 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top