09:58 / 03.05.2016
3619

Bruklinda pitssa qutisi shaklidagi pitssa ichida pitssa sotila boshlandi

Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi Vinnie's pitstseriyasi egalari taomnomaga yangi taom – pitssa qutisi shaklidagi pitssani kiritishdi, deb xabar bermoqda ABC News.

Ularda bunday mahsulot yaratish fikri standart karton qutilardan ko‘p miqdorda chiqindilar qolishiga e'tibor qaratishgandan keyin paydo bo‘ldi. Agar mijozlar pitssa ichida pitssaga buyurtma bersalar, unda ular pitssani folga qog‘ozga o‘ralgan holda olishadi.  

Ta'kidlanishicha, pitstseriya egalari doimo nimadir antiqa narsa o‘ylab topishga harakat qilishadi: o‘tgan yili ular bir nechta mini-pitssalar bilan qoplangan pitssa yaratishgandi. 

Vinnie's tvitterida "Sarguzashtlar vaqti", "Pokemonlar" multfilmlari, "Yulduzlar janglari" kinofilmi va qo‘shiqchi Printsning o‘limi bilan bog‘liq holda yaratilgan pitssalar suratini ko‘rish mumkin.
Yaqinda pitstseriyada 44 kun davomida AQSh prezidentlari sharafiga pitssalar yaratilgandi.

Top