08:38 / 03.05.2016
4162

Xitoyda internet-qidiruv tizimi xatosi tufayli vafot etgan talabaning ishi bo‘yicha tergov boshlandi

Xitoy amaldorlari o‘zining o‘limiga mashhur qidiruv sayti Baidu’ni ayblagan talabaning vafoti sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borishmoqda. Bu haqida Reuters xabar berdi.

21 yoshli Vey Tszesi aprel oxirida vafot etdi. U saraton kasalining kam uchraydigan turiga chalingani uchun Baidu internet-qidiruvi orqali unga yordam bera oladigan shifokorlarni topishga harakat qiladi. 

Natijada u Xitoy Xalq qurolli politsiyasining shifoxonasiga murojaat qildi. U yerda Veyni tajribaviy usullar yordamida davolashga harakat qilishdi. Vey va uning oilasining bu qarori tibbiyot muassasasining obro‘si oshishiga sababchi bo‘ldi, shuningdek, ushbu kasalxona shifokorlari teleekranlarda ko‘p bora namoyon bo‘lishdi. Biroq davolash uslubi hech qanday natija bermadi. 

O‘limidan oldin Vey Tszesi Baidu asoschilari va egalarini foydalanuvchilarga yolg‘on m'lumotlar taqdim etayotganlikda aybladi. Bundan tashqari, yosh yigit davolanish uchun murojaat etgan kasalxona o‘zining samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirib, bemorlar izohlarini yolg‘onga aylantirib borishini xabar bergan. 
Baidu egalari Veyning yaqinlariga hamdardlik bildirib, ichki surishtiruv olib borishlarini ma'lum qilishgan.

Baidu internet-qidiruv tizimi 2000 yilda ishga tushirilgan. Ayni damda Baidu qidiruv indeksida 750 millionga yaqin internet-sahifalar, 80 milliondan ortiq suratlar va 10 millionta mediafayllar mavjud.

Top