19:02 / 03.05.2016
3022

Lesterlik snukerchi: Jahon chempioni bo‘lganim va «Lester»ning chempionligidan qaysi biri ko‘proq quvontirganini aniq ayta olmayman

Lesterlik snukerchi: Jahon chempioni bo‘lganim yoki «Lester»ning APLdagi chempionligidan qaysi biri ko‘proq shokka tushirganini bilmayman

Lesterlik snuker ustasi Mark Selbi snuker bo‘yicha jahon chempionati finalida xitoylik Din Jung Xu ustidan qozonilgan g‘alabadan (18:14) keyin «Lester»ning chempionligi borasida fikr bildirib o‘tdi.

«Bu juda ajoyib. Ikki yil oldin jahon chempionatida g‘alaba qozonganimda bugungidek bosim ostida qolmagandim. Aynan qaysi g‘alaba – «Lester»ning premer-ligadagi g‘alabasi yoki mening bugungi g‘alabam – ko‘proq hayratga solganini bilmayman. Men Klaudio Raneri i va yigitlarning bu natijasidan faxrlanaman», – deya gapirib o‘tgan Selbi.

Lesterlik snukerchi Mark Selbi JCh g‘olibligi va sevimli jamoasi chempionligini bir vaqtda nishonladi

Mavzuga oid
Top