21:40 / 03.05.2016
7739

OChL, 6-tur. «Paxtakor» o‘z o‘yinida g‘alaba qozongan holda turnirni tark etdi

3 may kuni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Toshkentning «Paxtakor» jamoasi BAAning «Al-Jazira» jamoasini qabul qildi.

Jamoalarning o‘tgan turda BAAda o‘tkazilgan birinchi uchrashuvida toshkentliklar jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qilgandi. Toshkentdagi uchrashuvda ham «Paxtakor» raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qildi - 3:0.

Lekin bu g‘alaba jamoaga turnirni davom ettirish uchun kifoya qilmadi. Bu o‘yinga parallel tarzda kechgan guruhning ikkinchi juftligi uchrashuvida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi Eronda «Traktorsozi»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Natijada pley-offga «Al-Hilol» va «Traktorsozi» jamoalari yo‘l oldi.

OChL. «S» guruhi, 6-tur
«Paxtakor» - «Al-Jazira» - 3:0
Gollar: Suhrob Berdiyev 12, Temur Tolipov 24, Masharipov 81
«Paxtakor»: Nikita Ribkin, Abbos Otaxonov, Sherzod Karimov, Suxrob Berdiyev, Igor Sergeyev, Jamshid Boltaboyev, Kamoliddin Tojiyev, Davron Hoshimov, Vladimir Kozak, Akbar Ismatullayev, Temur Tolipov.
«Al-Jazira»: Al-Senani, Tiago Neves, Park Jong Vu, Rashid Salim, Yoqub Yusuf, Al-Hashmi, Faris Juma, Musallam Fayoz, Said Xizam Mabxut, Yoqub Yusuf, Salim Ali, Kenvayn Jons.
Chetlatish: Said al Obaydi 41, Oybek Qilichev 90.

Top