17:12 / 03.05.2016
5616

Rossiya Xitoyga chuchuk suv yetkazib berishni taklif qildi

Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev Rossiya o‘z hududidan Xitoyning qurg‘oq yerlariga chuchuk suv olib o‘tish loyihasini taklif etishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda vazir Xitoy Xalq Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Xan Chanfu bilan uchrashuv davomida ma'lum qildi. 

“Biz Oltoy o‘lkasidan Qozog‘iston Respublikasi orqali XXRning qurg‘oq yerli Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududiga chuchuk suv yetkazish bo‘yicha loyiha taklif etishga tayyormiz. Yaqin vaqtlarda biz ushbu masala bo‘yicha qozog‘istonlik hamkasblarimiz bilan maslahatlashamiz”, - dedi u.

Top