11:17 / 03.05.2016
3864

Vardi: Hozirgi hissiyotlarimizga o‘z mehnatlarimiz natijasida erishdik

«Lester» hujumchisi Jyeymi Vardi jamoasi Angliya chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu aqlbovar qilmas tuyg‘u. Bundayini avval hech qachon his qilmaganman. O‘tgan yili premer-ligada qolish uchun tirishib harakat qilgandik, endi shanba kuni  sovrinni boshimiz uzra ko‘taramiz. Shu voqealardan so‘ng har bir futbolchi va klub xodimi qanchalik mehnat qilganini tushunasan.

Bu buyuk klubning o‘z tarixidagi eng yirik natijasi, biz bu tarixning bir qismi bo‘lganimizdan baxtiyormiz. Bu g‘alabaga aynan shu yigitlar bilan erishganimiz, natijani yanada qadrliroq qiladi. Bu mehnatlarimiz samarasi», - deydi Vardi.

3 mayga o‘tar kechasi «Chelsi» «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda 2:2 hisobida durang o‘ynadi va bu orqali «shporlar»ning keyingi 2 turda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar «Lester»ga yeta olmasligi va birinchi o‘ringa chiqa olmasligini ta'minladi.

Mavzuga oid
Top