13:27 / 04.05.2016
23436

Aktrisa Bipasha Basuning to‘yiga Bollivudning mashhur yulduzlari tashrif buyurdi

Bollivud aktrisasi va supermodeli Bipasha Basu 30 aprel kuni aktyor Karan Singx Groverga turmushga chiqdi. Nikoh marosimi Mumbayda bengal urf-odatlariga ko‘ra o‘tkazildi.  

Juftlikni oila qurganliklari bilan tabriklash maqsadida to‘y marosimiga Bollivudning eng taniqli yulduzlari tashrif buyurdi. Jumladan, mehmonlar orasida Shohrux Xon, Salmon Xon, Priti Zinta, Sonam Kapur, Ranbir Kapur, Tabu, Sushmita Sen, Dino Morea kabi yulduzlarni ham uchratish mumkin edi. 
Shuningdek, Bipashani tabriklash maqsadida kechaga Amitabx Bachchan o‘g‘li Abxishek va kelini Ayshvariya Ray bilan tashrif buyurdi. Bipasha Basuning nikoh marosimidan olingan suratlarni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshni qarshilagan Bipasha Basu 2011 yilga qadar aktyor Jon Abraham bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Bollivudda ularni “Eng chiroyli juftlik”, deya e'tirof etishgan va barcha muxlislar yulduzlarning turmush qurishlarini intizorlik bilan kutishgan edi. Biroq ularning sevgi qissasi baxtli yakun topmadi.

Bipasha Basu o‘zining “Poyga”, “Tezlik 2”, “Ajnabiy”, “Do‘stimning to‘yi” kabi filmlardagi rollari orqali tanilgan. 
Karan Singx Grover avval ikki marta oila qurgan bo‘lib, u ikkinchi rafiqasi, aktrisa Jyennifer Uinget bilan joriy yilning boshida rasman ajrashdi.

Top