10:09 / 04.05.2016
2989

Obama Suriyaga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Suriya Arab Respublikasiga nisbatan jazo choralari to‘plamini uzaytirishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

Obamaning o‘z qaroriga ko‘rsatgan vajiga ko‘ra, Suriya hukumati o‘z xalqi bilan shafqatsizlarcha urishmoqda. Oq uy rahbarining qayd etishicha, Suriyadagi fuqarolik urushi nafaqat mamlakat, balki butun mintaqadagi barqarorlikka rahna soladi. 

Obama, shuningdek, Suriya rahbariyatini kimyoviy va bakteriologik qurolga ega bo‘lish, inson huquqlarini poymol etish va Livan ichki ishlariga aralashishda aybladi.

Top