18:02 / 04.05.2016
2729

Ozarbayjonliklar do‘lma taomini YuNeSKO merosi ro‘yxatiga kiritmoqchi

Bokudagilar do‘lma taomining tayyorlanishini YuNeSKO nomoddiy meroslari ro‘yxatiga kiritishni taklif etmoqchi. Ozarbayjon madaniyat va turizm vazirligi tegishli hujjatlarni tayyorlamoqda. Bu haqda vazir Abdulfas Garayevga asoslanib RIA Novosti xabar berdi. 

Garayev bundan avvalroq Armaniston YuNeSKO meroslari ro‘yxatiga lavashni kiritishga uringani haqida esatib o‘tgan. 

“Hech kimga sir emaski, qo‘shni davlat (Armaniston) nafaqat Ozarbayjonning hududiga ko‘z olaytirgan, balki milliy taomlarini ham o‘zlashtirishga urinmoqda”, - ma'lum qildi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon madaniyat va turizm vazirligi butun turkiylar olamiga mansub bo‘lgan do‘lma taomining tayyorlanish an'anasini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlamoqda.

Top